Skip to content
News & announcements

🛺 JARQO‘RG‘ONDA EKOMOTOROLLERLAR SINOV TARIQASIDA ISHGA TUSHIRILDI

#TozaHudud #Surxondaryo #Ekomotoroller
🛺 JARQO‘RG‘ONDA EKOMOTOROLLERLAR SINOV TARIQASIDA ISHGA TUSHIRILDI
💠19-avgust kuni Jarqo'rg'on tumaning "Qorayantoq" mahallasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Surxondaryo hududiy boshqarmasi boshlig‘i A. Cho‘lliboyev hamda viloyat “Toza hudud” davlat muassasasi direktori E. Begimqulov ishtirokida ekomotorollerlarning mahallada xizmat ko‘rsatish jarayoni amaliy tarzda o‘rganildi. Ekomotorollerlar, ayniqsa, tor ko‘chalar va yirik maxsus texnikalar kirishi qiyin bo‘lgan hududlarda aholi xonadonlaridan chiqindilarni tezkor yig‘ib olish imkonini beradi. ⚡️Sinov natijalari asosida mazkur xizmatni yanada takomillashtirish va samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi. ♻️ Maqsad — aholiga qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish!

Get in touch

🛺 JARQO‘RG‘ONDA EKOMOTOROLLERLAR SINOV TARIQASIDA ISHGA TUSHIRILDI · Tozalive