News & announcements
💠HUDUDLARARO TAJRIBA ALMASHINUVI: SURXONDARYODAGI ZAMONAVIY YECHIMLAR AMALIYOTDA
#SEMINAR #Qoraqalpogiston #Navoiy #Surxondaryo
1 / 10
🖥 Tashrif doirasida tashkil etilgan amaliy seminarda mehmonlarga Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasida sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish, maxsus texnikalar faoliyatini monitoring qilish, raqamlashtirish hamda zamonaviy boshqaruv va nazorat tizimlarini amaliyotga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanishtirildi.
⚡️Seminar ishtirokchilarida muassasada tashkil etilgan Situatsion markaz alohida qiziqish uyg‘otdi. Markaz orqali maxsus chiqindi tashuvchi texnikalarning harakati GPS monitoring va onlayn kameralar yordamida real vaqt rejimida kuzatilishi, belgilangan yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish jarayonlari nazorat qilinishi amaliy tarzda namoyish etildi.
🤖 Shuningdek, Situatsion markaz faoliyatiga integratsiya qilingan sun’iy intellekt — AI asosidagi nazorat tizimi imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishtirildi. AI texnologiyalaridan foydalangan holda monitoring ma’lumotlarini tahlil qilish, xizmat jarayonlaridagi holatlarni aniqlash hamda nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ishlar namoyish qilindi.
Muassasa faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishida yaratilgan “TozaLive” platformasi va “TozaLive” mobil ilovasi, ularning aholi murojaatlari bilan ishlash, xizmatlar sifatini nazorat qilish va jarayonlarni yagona tizim orqali boshqarishdagi imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
💬 Seminar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan rahbar va mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, GPS monitoring, onlayn kuzatuv, AI nazorat tizimi, Situatsion markaz hamda “TozaLive” raqamli yechimlarini o‘z hududlarida qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
♻️ Bunday tajriba almashinuvi hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda sanitar tozalash xizmatlarini zamonaviy, raqamli, shaffof va samarali boshqarishga xizmat qiladi.
Seminar yakunida hududlararo hamkorlik va o‘zaro tajriba almashinuvining ramzi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan rahbar va mutaxassislarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🤝 Tadbir samimiy ruhda yakunlanib, tomonlar kelgusida ham ilg‘or tajribalar almashinuvi, raqamli yechimlarni joriy etish va o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr bildirdilar.
Surxondaryo viloyati "Toza hudud" Davlat muassasasi axborot xizmati.










