News & announcements
📸 BAYRAM QUVONCHI HAR BIR MANZILGA YETIB BORMOQDA
#Mustaqillik_35_yil #Toza_hudud #ezgulik

“Ezgulik” chellenji doirasida tayyorlangan sovg‘alar muassasaning tuman filiallari boshliqlari tomonidan o‘z egalariga yetkazib berildi.
Xonadonlarga tashrif davomida yurtdoshlarimiz bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning holidan xabar olindi hamda Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etildi.
Bu uchrashuvlarda eng katta sovg‘a — insonlarga ko‘rsatilgan e’tibor, mehr va samimiyat bo‘ldi.
⚡️Ezgulik ulashilgan xonadonda quvonch, mehr bor manzilda esa fayz bo‘ladi.
💬Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin! 🇺🇿
