News & announcements
♻️ JARQO‘RG‘ON TUMANIDA TOZALIK ISHLARI JOYIDA O‘RGANILDI
#Dolzarb40Kunlik #Jarqurgon #Surxondaryo #Tozalik #Obodonlashtirish

⌛O‘rganish davomida mahallalarda maxsus chiqindi tashuvchi texnikalarning belgilangan yo‘nalish va grafiklar asosidagi harakati, aholidan maishiy chiqindilarni yig‘ish, ularni maxsus texnikalarga yuklash va hududlardan o‘z vaqtida olib chiqish jarayonlari nazorat qilindi. Chiqindilar maxsus transport vositalarida olib chiqilmoqda, hududlarda tozalikni ta’minlash va obodonlashtirish ishlari muntazam tashkil etilmoqda
⚡️Shuningdek, hududlarning sanitariya holati va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati o‘rganilib, ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🌿Bunday amaliy ishlar mahallalarda toza va ozoda muhitni shakllantirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda atrof-muhitni asrashga xizmat qilmoqda.
