Yangiliklar va e'lonlar
♻️ SURXONDARYO VILOYATI UMQO‘RG‘ON TUMANIDA CHIQINDILARNI YIG‘ISH JARAYONLARI NAZORAT QILINDI
#Dolzarb40Kunlik #TozaHudud #Qumqurgon #Surxondaryo #Tozalik #Obodonlashtirish

⚡️Jarayon davomida Qumqo'rg'on tumani "Yangi shaxar" mfy hududidagi chiqindi yig'ish shaxobchasining chiqindi konteynerlarining holati, ularda to‘plangan maishiy chiqindilarni maxsus texnikalarga yuklash va belgilangan manzillarga olib chiqish ishlari ko‘zdan kechirildi.
⚡️Shuningdek, maxsus texnikalardan samarali foydalanish, chiqindilarni belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqish hamda mahallalarda sanitariya-tozalik holatini doimiy nazoratda saqlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
♻️ Hududlar tozaligi va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish — ustuvor vazifa!
