Yangiliklar va e'lonlar
Surxondaryo viloyat «Toza Hudud» davlat muassasasi faoliyatidan so'nggi xabarlar.

📢 HURMATLI VOHADOSHLAR! “TOZALIVE” MOBIL ILOVASIDAN FOYDALANING!
📱 Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan sanitar tozalash xizmatlarini yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida jisamoniy va yuridik shaxslar uchun “Tozalive” mobil ilovasi ishga tushirilganligini ma'lum qilamiz.

💠HUDUDLARARO TAJRIBA ALMASHINUVI: SURXONDARYODAGI ZAMONAVIY YECHIMLAR AMALIYOTDA
Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatida sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlari va mas’ul mutaxassislari tajriba almashish hamda muassasada yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy ish uslublarini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdilar.

📢 “TOZA HUDUD” XIZMAT KO‘RSATISH HUDUDI YANADA KENGAYDI
♻️ Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasining xizmat ko‘rsatish hududi kengayib, Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un shaharchasi ham muassasa tomonidan sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatiladigan hududlar qatoriga qo‘shildi.

YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida sohada ko‘p yillardan buyon samarali va fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

FIDOKORONA MEHNAT — MUNOSIB E’TIROF
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi apparati va tuman filiallarida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar “Mustaqillikning 35 yillik esdalik nishoni” bilan taqdirlandilar.

📸 BAYRAM QUVONCHI HAR BIR MANZILGA YETIB BORMOQDA
Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi arafasida Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi tizimida mehr-oqibat va saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tashabbuslar davom etmoqda.

♻️ MAXSUS TEXNIKALAR TA’MIRLANIB, QAYTA SAFGA QAYTARILMOQDA
🔧 Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasiga qarashli maxsus chiqindi tashish texnikalarini ta’mirlash va texnik holatini yaxshilash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

🌿 “DOLZARB 40 KUNLIK”: QUMQO‘RG‘ON TUMANIDA TOZALIK ISHLARI JOYIDA O‘RGANILDI
⚡️Qumqo‘rg‘on tumanida “Dolzarb 40 kunlik” obodonlashtirish va tozalik ishlari doirasida hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Surxondaryo hududiy boshqarmasi boshlig‘i A. Cho‘lliboyev tumanda amalga oshirilayotgan tozalik ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

♻️ JARQO‘RG‘ON TUMANIDA TOZALIK ISHLARI JOYIDA O‘RGANILDI
✅“Dolzarb 40 kunlik” obodonlashtirish va tozalik ishlari doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Surxondaryo hududiy boshqarmasi boshlig‘i A. Cho‘lliboyev hamda “Toza hudud” davlat muassasasi direktori E. Begimqulov Jarqo‘rg‘on tumanida olib borilayotgan ishlarni joyida o‘rgandilar.

🛺 JARQO‘RG‘ONDA EKOMOTOROLLERLAR SINOV TARIQASIDA ISHGA TUSHIRILDI
Jarqo‘rg‘on tumanida aholiga chiqindi yig‘ish xizmatini yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida ekomotorollerlar orqali maishiy chiqindilarni yig‘ish tizimi sinovdan o‘tkazildi.

♻️ SURXONDARYO VILOYATI UMQO‘RG‘ON TUMANIDA CHIQINDILARNI YIG‘ISH JARAYONLARI NAZORAT QILINDI
💬“Dolzarb 40 kunlik” obodonlashtirish va tozalik ishlari doirasida bugun Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Surxondaryo hududiy boshqarmasi boshlig‘i A. Cho‘lliboyev hamda “Toza hudud” davlat muassasasi direktori E. Begimqulov Qumqo‘rg‘on tumanida olib borilayotgan tozalik ishlarini joyida o‘rgandilar.

Сурхондарё вилояти "Тоза ҳудуд" давлат муассасасининг мурожаат учун ишонч рақамлари 📞🏛
"Toza hudud" davlat muassasasi ishonch raqamlari murojaat qilishingiz mumkin

Viloyat "Toza hudud" DMda situatsion markaz ochildi
Surxondaryo viloyati "Toza hudud" DM da situatsion markaz tashkil etildi ushbu markaz to'liq onlayn kuzatuv kamera va GPS nazoratini to'liq monitoring qiladi

📢 1-sentyabrdan Surxondaryo viloyati Toza hudud davlat muassasasining barcha tuman filiallariga haydovchi va yuk ortuvchi hodimlarining oylik ish haqlari ko'tariladi .💵
🖥Joriy yilning 1-sentyabridan boshlab Toza hududda ushbu 2 ta lavozimlarning bir oylik maoshi ko'tariladi.
