Yangiliklar va e'lonlar
💼 TAYINLOV
1 / 7
⚡️Bugun, 12-noyabr kuni respublika “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” rahbariyati hamda Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan yangi tayinlangan rahbar jamoaga rasman tanishtirildi.
Tanishuv davomida hududda chiqindi poligonlari faoliyatini samarali tashkil etish, ularni boshqarish tizimini takomillashtirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda sohada belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Djamshid Allamuratov 1987-yil 8-fevralda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2014-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis.
Mehnat faoliyati davomida transport, texnika xavfsizligi va chiqindilarni boshqarish sohalarida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasida transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, GPS nazorati bo‘yicha yetakchi mutaxassis hamda “Toza hudud” davlat muassasasida moddiy boyliklar hisobi bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida rahbarlik faoliyatini olib borgan.
💬
Djamshid Nortodjiyevichni yangi mas’uliyatli lavozim bilan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilaymiz!







