Yangiliklar va e'lonlar
🚶🏻♂️TUMAN FILIALLARIDA HAM “AVTOMOBILSIZ KUN” FAOL QO‘LLAB-QUVVATLANDI
#World_Car_Free_Day #XALQARO_AVTOMOBILSIZ_KUN
1 / 10
Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasining tuman filiallari xodimlari ham bugungi “Avtomobilsiz kun” ekologik tashabbusida faol ishtirok etdilar.
Erta tongdan filial xodimlari shaxsiy avtomobillardan foydalanishni cheklab, piyoda, velosipedda va jamoat transportlarida ish joylariga yetib keldilar.
♻️ Hududlarda sanitariya tozaligini ta’minlash bilan bir qatorda, atrof-muhit musaffoligini asrash va ekologik mas’uliyatni shaxsiy namuna orqali targ‘ib qilish ham “Toza hudud” jamoasining muhim vazifalaridan biridir.
🚶🏻♂️➡️Avtomobilsiz bir kun — toza havo va sog‘lom kelajak sari muhim qadam!










