Skip to content
Yangiliklar va e'lonlar

📹♻️ CHIQINDILARNI SARALASH — TOZA KELAJAK SARI MUHIM QADAM!

#TozaHudud #Surxondaryo #ChiqindilarniSaralash #Ekologiya
📹♻️ CHIQINDILARNI SARALASH — TOZA KELAJAK SARI MUHIM QADAM! — 1
📹♻️ CHIQINDILARNI SARALASH — TOZA KELAJAK SARI MUHIM QADAM! — 2
1 / 2
🔴 Xavfli chiqindilar 🟢 Shisha 🟡 Plastik va alyuminiy 🔵 Qog‘oz va karton ✅ Konteynerlardan foydalanish juda qulay va gigiyenik. Fuqaro konteyner oldidagi maxsus pedalni bosishi bilan qopqoq ochiladi va chiqindini qo‘l bilan qopqoqqa tegmasdan tashlash imkoniyati yaratiladi. 🗑 Konteynerlar to‘lgach, maxsus chiqindi tashish texnikasi orqali ularga xizmat ko‘rsatiladi. Bunda konteynerning orqa qismidagi maxsus eshik ochilib, ichidagi saralangan chiqindilar olib ketiladi va belgilangan tartibda qayta ishlashga yo‘naltiriladi. 🗑Ushbu tizim chiqindilarni manbaning o‘zida alohida yig‘ish, qayta ishlanadigan mahsulotlarni boshqa maishiy chiqindilarga aralashib ketishining oldini olish hamda ikkilamchi xomashyo sifatida qayta muomalaga kiritishga xizmat qiladi. 📍 Mazkur zamonaviy konteynerlarni Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan. Bu orqali chiqindilarni saralashni kundalik odatga aylantirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda hududlarimiz tozaligini ta’minlash maqsad qilingan.

Bog'lanish

📹♻️ CHIQINDILARNI SARALASH — TOZA KELAJAK SARI MUHIM QADAM! · Tozalive