Yangiliklar va e'lonlar
🅰PF-206-son Farmon ijrosi doirasida zamonaviy uskuna amalda namoyish etildi
#TozaHudud #Surxondaryo #YangiTexnika #Obodonlashtirish #Tozalik #Ekologiya
1 / 3
📰Mazkur uskuna Surxondaryo viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga amaliy tarzda namoyish etildi. Jarayon davomida uskuna ishga tushirilib, uning daraxt shox-shabbalari va organik chiqindilarni tezkor maydalash imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.
⚙️Uskunadan foydalanish chiqindilar hajmini kamaytirish, ularni tashish va qayta ishlash jarayonlarini yengillashtirish, shuningdek, obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
♻️Ayni paytda mazkur uskuna “Toza hudud” DM tomonidan xarid qilingan bo‘lib, kelgusida muassasaning 7 ta tuman filialini ham shunday zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
🌱 Zamonaviy texnologiyalar — toza va obod hududlar sari muhim qadam!



