Yangiliklar va e'lonlar
♻️ MAXSUS TEXNIKALAR TA’MIRLANIB, QAYTA SAFGA QAYTARILMOQDA
#toza_hudud

Jumladan, uzoq yillar davomida foydalanilgan eski rusumdagi maxsus texnikalar bosqichma-bosqich kapital va joriy ta’mirdan chiqarilib, ularning agregat va mexanizmlari, gidravlik tizimi, yurish qismi hamda chiqindini yuklash va zichlash uskunalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
🎨 Shuningdek, texnikalarning kuzov qismlari qayta tiklanib, bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda, tashqi ko‘rinishi yangilanib, foydalanishga yaroqli holatga keltirilmoqda.
🚛 Ushbu ishlarning asosiy maqsadi — mavjud maxsus texnikalarning xizmat muddatini uzaytirish, nosozliklar sababli yuzaga keladigan uzilishlarni kamaytirish hamda mahallalarda maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqish xizmatining uzluksizligini ta’minlashdan iborat.
⚙️ Eski texnika — yangilangan holat, yangi imkoniyat!
Ta’mirdan chiqarilgan maxsus texnikalar yana xizmat safiga qaytarilib, hududlarimiz tozaligini ta’minlashga yo‘naltirilmoqda.
