Yangiliklar va e'lonlar
♻️📹 PLASTIK IDISH TOPSHIRING — 150 SO‘MGACHA RAG‘BAT OLING!
#Surxondaryo #Fandomat #Toza_hudud
1 / 3
Mazkur tashabbus Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Norvegiyaning chiqindilarni avtomatik yig‘ish va saralash texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi TOMRA kompaniyasi hamkorligidagi pilot loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.
📍 Jarqo‘rg‘on tumanida o‘rnatilgan fandomat orqali aholi plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini alohida topshirishi mumkin.
💰 Har bir qabul qilingan idish uchun 150 so‘mgacha rag‘bat puli beriladi.
Foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra ikki yo‘nalishdan birini tanlashi mumkin:
🔹 rag‘bat pulini Click elektron hamyoniga o‘tkazish;
🔹 mablag‘ni xayriya va daraxt ekish tashabbuslariga yo‘naltirish.
Fandomatlarning joriy etilishi plastik, shisha va alyuminiy idishlarni boshqa maishiy chiqindilarga aralashtirmasdan alohida yig‘ish, ularni ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlash hamda chiqindilarning atrof-muhitga tushishini kamaytirishga xizmat qiladi.
🌱 Eng muhimi, ushbu tashabbus orqali aholining ekologik madaniyatini oshirish, chiqindilarni saralashni kundalik odatga aylantirish hamda foydalanilgan idish ham iqtisodiy qiymatga ega resurs ekanini keng targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan.
♻️ Chiqindini saralang — tabiatni asrang va rag‘bat oling!



