Skip to content
Yangiliklar va e'lonlar

FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV

#Fargona #tajriba #seminar
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 1
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 2
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 3
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 4
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 5
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 6
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 7
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 8
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 9
FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV — 10
1 / 10
🕌 Tashrif dastlab Termiz tumanida joylashgan Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohidan boshlandi. Mehmonlar buyuk alloma majmuasini ziyorat qilib, ushbu tabarruk maskan bilan yaqindan tanishdilar. ⚡️ Shundan so‘ng mutasaddilar Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasida bo‘lib, muassasaning sanitar-tozalash xizmatlarini tashkil etish, chiqindilarni boshqarish, maxsus texnikalar faoliyatini nazorat qilish hamda xizmat sifatini oshirish borasidagi ish tajribasi bilan yaqindan tanishdi. 📱Mehmonlarda muassasada tashkil etilgan Situatsion markaz faoliyati alohida qiziqish uyg‘otdi. Markazda maxsus texnikalarni GPS va onlayn kameralar orqali real vaqt rejimida kuzatish, xizmat jarayonlarini nazorat qilish, shuningdek, sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosidagi nazorat va tahlil tizimlari amaliy tarzda namoyish etildi. 💬Shuningdek, aholi bilan ishlashni yanada qulay va shaffof tashkil etishga xizmat qiluvchi Tozalive platformasi va Tozalive mobil ilovasi (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tozalive.app) imkoniyatlari taqdim etildi. Ilova orqali fuqarolarning sanitariya-tozalash xizmatlari yuzasidan murojaat, muammo va takliflarini elektron tarzda yuborish hamda ularning ijrosini nazorat qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 🤝 Tashrif davomida mehmonlar muassasaning kadrlar, texnika va boshqa tegishli bo‘limlari faoliyati bilan ham tanishib, mas’ul xodimlar bilan bevosita suhbatlashdilar. Ish jarayonlarini tashkil etish, maxsus texnikalardan samarali foydalanish, xodimlar faoliyati va sohadagi amaliy tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. ♻️ Shuningdek, soha rahbarlari chiqindilarni to‘plash va boshqarish bilan bog‘liq amaliy ish jarayonlari hamda tegishli obyektlarni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Mutasaddi rahbarlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. 🌿 Mazkur tashrif hududlar o‘rtasida ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish, zamonaviy raqamli va AI yechimlarini amaliyotga keng joriy etish hamda sanitariya-tozalash xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bog'lanish

FARG‘ONA VILOYATI VAKILLARI SURXONDARYODA: TAJRIBA ALMASHISH VA ILG‘OR YECHIMLAR BILAN TANISHUV · Tozalive